Farzandiga yetarli aliment to‘lashni istamagan ota xatlangan avtomobili uchun 16 millionni bir kunda to‘ladi

Jamiyat 14:41 / 09.07.2020 20191

Ammo ba'zida Alloh taqdim etgan bu in'omni qadriga yetmaydigan ota-onalar ham uchrab turadi. Turli sabablar bilan ajrashib ketgandan so‘ng ota yoki ona farzandlarini o‘ylamaydi, ular haqida qayg‘urmaydi, hatto mehr bir yoqda tursin, moddiy taraflama ta'minlashni hayoliga ham keltirmaydi.

Ana shunday vaziyatda sudlar chiqargan qarorlarga asosan Majburiy ijro byurosi bolalarni moddiy ta'minlash uchun aliment pullarini majburiy tartibda undirish choralarini ko‘radi. Bolalarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularning kelajagiga befarq bo‘lmagan holda o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni amalga oshiradi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining 22.06.2012 yildagi sud buyrug‘iga asosan Yakkabog‘ tumani Ishkent qishlog‘ida yashovchi qarzdor A.N.dan shu tumandagi Alaqarg‘a qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.X. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment pullarini undirish belgilangan. Qarzdor shu kungacha aliment pullarini belgilangan so‘mmadan kam miqdorda to‘lab kelgan. Shu sababli Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan aliment qayta hisob-kitob qilinganda, joriy yilning 1 avgust kuniga qadar qarzdorlik 15 million 740 ming 500 so‘mni tashkil etgani ma'lum bo‘lgan.

Qarzdor bu haqda bir necha marta ogohlantirilgan, ammo qarzni to‘lamagandan so‘ng, qarzdorning boshqaruvidagi «Lada Xray» rusumli mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga olib borildi. Shundan so‘ng 2020 yil 1 avgustga qadar bo‘lgan aliment qarzdorligi butunlay bartaraf etildi.

O‘ylab qolasan kishi, qarzdor o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandining moddiy ta'minoti uchun ixtiyoriy ravishda aliment to‘lamay keldi, ammo mashinasini qaytarib olish uchun salkam 16 million miqdordagi alimentni bir kunda to‘lab, mashinasini olib ketdi...

Farhod Qurbonov. MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Ko‘proq yangiliklar: