Boshlang‘ich sarmoyasiz biznes boshlab, millionlarga ega bo‘lishni istaysizmi?

Jamiyat 10:00 / 09.07.2020 33109

Hurmatli fuqarolar!

Aksariyat turdagi bizneslarni boshlash uchun ozmi-ko‘pmi sarmoya kerak. Ammo, shunday bizneslar ham borki, deyarli nol sarmoya bilan boshlab, millionlar ishlab topish mumkin. Misol uchun, ko‘pchilik xonadonlarda, korxonalarda vazifasini allaqachon o‘tab bo‘lgan turli-tuman temir jihozlar, metall parchalari mavjud bo‘lib, ular nafaqat joy egallab turadi, balki asta-sekin zanglab, ko‘ngilni xira qiluvchi manzara hosil qiladi. Holbuki, ana shu metallar kerakli joyga topshirilsa, xalq xo‘jaligi uchun kerakli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, yaxshigina daromad ham keltirishi mumkin.

KELING, MUMKIN BO‘LGAN DAROMADNI HISOB-KITOB QILIB KO‘RAMIZ!

«O‘zmetkombinat» AJ JISMONIY ShAXSLAR uchun super taklif, ya'ni topshirilgan metallolomning har bir kilogrammi uchun 800 so‘mdan narx belgilagan bo‘lib, 200 kilogramdan ortgan vazndagi metallolom uchun manzilingizdan olib ketish imkoniyati mavjudligini e'lon qiladi.

YuRIDIK ShAXSLAR uchun esa «O‘zmetkombinat» AJ topshirilgan metallolomning har bir kilogrami uchun 1000 so‘mdan qabul qilish taklifini bildiradi.

Demak, agar siz yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, u holda topshirilgan 1000 kg metall parchalari uchun 1 million so‘m ishlab olasiz. Metall parchalari og‘ir buyum bo‘lganligi uchun 1000 kg metall parchalarini yig‘ish unchalik ham mashaqqatli ish bo‘lmaydi.

1000 kg – 1 million so‘m;

10 000 kg – 10 million so‘m;

100 000 kg – 100 million so‘m!.....

Biz ishonamizki, kichik qishlog‘ingizning o‘zidan bemalol 100 tonnadan ortiq turli-tuman temir jihozlar, metall parchalarini to‘play olasiz! Faqat, buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz bas!

Topshirilgan metallolom xalqimizga manfaat keltiradi!

«O‘zmetkombinat» AJ siz topshirgan metallolomni qayta ishlab, undan respublika ehtiyoji uchun manfaatli bo‘lgan bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Xususan, kombinatda ikkilamchi qora metalldan qurilish uchun zarur bo‘lgan armatura va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Qiziqdingizmi? Bugundan boshlang!

Bog‘lanish uchun: +998 55 501 07 07 Call Senter
Call Senter ish vaqti Dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 18:00 gacha

"O‘zmetkombinat" AJ dan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram: Telegram tashrif

Feysbuk: Feysbuk tashrif

Instagram: Instagram tashrif

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: