Ma'lum bo‘lishicha, karantin talablari eng qat'iy bo‘lgan aprel oyida banklarga naqd pul tushumi mart oyiga nisbatan 41 foizga kamaygan.
May oyidan karantin yumshatila boshlagach, iyun oyida banklarga naqd pul tushumi aprelga nisbatan 85 foizga ko‘payib, 14,6 trln so‘mni tashkil etgan.
«Biroq, iyun oyidagi ko‘rsatkich karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatdan (joriy yil yanvarda – 15,8 trln. so‘m ) biroz kamligicha qolmoqda», – deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning iyun oyida bank kartalariga jami 15,9 trln. so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 6,1 trln. so‘m aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Qisqa sharhda hisobot davridagi naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi, naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning tarkibiy dinamikasi, banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi ham keltirib o‘tilgan.