Avtomaktablarda masofaviy ta'lim berishning zamonaviy va innovatsion usuli “Vatanparvar” tashkilotida

Fan-texnika 16:30 / 03.07.2020 7734

Avtomototransport vositalari haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash faoliyati bo‘yicha 1 iyundan boshlab, nazariy darslarni onlayn hamda amaliy mashg‘ulotlarni esa karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirishga ruxsat berildi. Onlayn ta'lim jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotlari o‘quv muassasalarida yangi “AIS-Vatanparvar” innovatsion elektron dasturi amaliyotda keng foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi №PQ–4061 – sonli «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy – texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori talablarini bajarish maqsadida,Avtomototransport vositalari haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan yangi innovatsion uslubda yaratilgan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan «AIS - Vatanparvar» avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimidan amaliyotda keng foydalanilmoqda.

Alohida ta'kidlash joizki ushbu kompleks dasturiy mahsulotlar barcha tegishli ruxsatnomalarga ega. Jumladan:

Intelektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan va tegishli guvohnomalar taqdim qilingan;

Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan taqdim qilingan nashr ruxsatnomasiga ega;

 O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan.

Ushbu elektron dastur quyidagilarni, ya'ni:

  1. O‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi

  1. Animatsiya effektlariga va videokontent ega yagona test dasturi

  1. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan, uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega ko‘rinishidagi elektron o‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarini o‘z ichiga oladi.

  • O‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimida – har bir foydalanuvchi (Markaziy kengash, viloyat kengashi, tuman tashkiloti rahbarlari, moderator, hisobchi, o‘qituvchi va o‘quvchi)ga alohida login va parol berilgan bo‘lib, o‘quv jarayonining barcha bosqichlarini (ta'lim oluvchilar to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar, o‘qish muddati,o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashganligi va ularni o‘zlashtirishi hamda monitoring qilishi, o‘qituvchilar haqida malumotlar mavjudligi, o‘quv mashg‘ulotlar jadvali kiritilgan, test natijalari arxivi, mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning kirgan vaqtlari va ularning shu mavzuga sarflagan vaqtlari hamda boshqa ko‘plab funksiyalarni o‘z ichiga olgan ) qamrab oladi.

  • Animatsiya effektlariga va videokontent ega yagona test dasturida – o‘quv rejalarda belgilangan asosiy fanlar bo‘yicha uch o‘lchamli animatsiya effektlariga ega videokontentning mavjudligi, 700 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlarini o‘z ichiga olishi va uning kamida uchdan bir qismining animatsiya effektlariga egaligi, test dasturini rus va o‘zbek tilida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida ishlash imkoniyatining mavjudligi, trening va imtihon rejimlarida ishlay olish imkoniyatining mavjudligi, yo‘nalishlar kesimida elektron qaydnomada tinglovchining aniq raqamlar va foizlar bo‘yicha test natijalarini chiqarish kabi imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi kunda tizimga qoraqalpoq tilida testlarni joriy qilish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

  • Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan, uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega ko‘rinishidagi elektron o‘quv uslubiy qo‘llanma dasturida – asosiy fanlar bo‘yicha uch o‘lchamli animatsiya effektlariga ega videokontentning mavjudligi, o‘quv fanlaridan qoraqalpoq, rus va o‘zbek tilida hamda o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida ishlash qulayliklari, onlayn va offlayn rejimida ishlay olish imkoniyatining mavjudligi, mazkur dasturlar IOS, Android va WEB ko‘rinishida yaratilganligi natijasida, har bir ta'lim oluvchining uyali qo‘l telefonlari, planshet yoki istalgan internet tarmog‘ida kerakli tildanfoydalangan holda login va parol orqali o‘quv fanlarini mustaqil o‘zlashtirishi uchun qulayliklar yaratilgan. 

Mazkur yaratilgan yangi innovatsion dasturni amaliyotga tatbiq etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari samaradorligini yanada yaxshilash, ta'limga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, shu bilan birga aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha qulayliklar yaratishdan iborat. Bundan tashqari hozirgi kunda karantin davrida ham onlayn ta'lim berishda ushbu tizim imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

Anvar Ikramov

Ko‘proq yangiliklar: