Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vatanparvar” qordan ham “foydalanmoqda”: o‘rganuvchilar uchun “vojdeniya” o‘tkazilmayapti
“Vatanparvar” tashkilotining joylardagi bo‘limlarida 2 haftadan beri bo‘lajak haydovchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmayapti. Holat yo‘llarning muzlama ekanligi (!) bilan izohlanmoqda.

Kun.uz’ga “Vatanparvar” tashkilotining Yunusobod tumani bo‘limidan amaliy mashg‘ulotlar (vojdeniya) o‘tkazilmayotganligi, bu uchun benzin berilmayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Kun.uz manbalariga ko‘ra, bunday holat tashkilotning faqatgina Yunusobod emas, boshqa hududlardagi bo‘limlarida ham kuzatilgan.
Bugundan e’tiboran 5 kishiga 1 ta mashina va 1 kunga 5 litr benzin berila boshlangan. Ammo bu o‘rganuvchi uchun juda kam miqdor: mashina ruli kimningdir qo‘liga tegmay ham qoladi, degani, deydi manba.
Kun.uz muxbiri “Vatanparvar” tashkiloti bilan bog‘lanib, holatga izoh oldi. Tashkilot matbuot kotibi Laziz Bo‘ronovning bildirishicha, amaliy mashg‘ulotlar yo‘llar muzlama ekanligi sababli o‘tkazilmagan:
“Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaganiga sabab yo‘llarning muzlama bo‘lgani. Sezgan bo‘lsangiz, jamoat transportiga ham yuklama ko‘payib ketdi, hamma o‘zini metroga uryapti. Bizlar birinchi navbatda o‘quvchilarning xavfsizligini o‘ylaymiz. Bugundan “vojdeniye”ni yo‘lga qo‘yamiz”.
Aslida Toshkent yo‘llarida 1-2 kun muzlama kuzatildi, xolos. “Vatanparvar”ning bu izohi tashkilot hatto qordan ham bahona sifatida foydalanishga urinayotganligini ko‘rsatadi. O‘z vaqtida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tamagan, ko‘nikmasini oshirmagan o‘rganuvchilar esa ertaga xavfli haydovchiga aylanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45
-
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi
Jahon | 16:37
-
Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi
Jahon | 16:17
Mavzuga oid

20:39 / 11.01.2024
“Prava”ni sotish alohida jinoyat turi deb belgilanadi

19:52 / 08.10.2023
Sirdaryoda tanishlari orqali 400 dollarga «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

13:03 / 04.03.2023
Avtomaktab o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

13:38 / 05.12.2022