Respublikada bug‘doy va unga bo‘lgan talab miqdori aytildi

Iqtisodiyot 19:24 / 01.07.2020 10731

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Xo‘jayeva respublikada bug‘doy iste'moli va uni yetishtirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bir yilga kishi boshiga o‘rtacha 95 kg bug‘doy iste'moli to‘g‘ri keladi.

«Respublikada 2020 yil g‘alla hosili uchun 1 mln 78 ming gektar suvli va 186 ming gektar lalmi maydonda kuzgi boshoqli don ekilgan bo‘lib, umumiy don ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichi 7,6 mln tonna qilib belgilangan.

Respublikada «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalarda 3,9 mln tonna, g‘allachilik klasterlari va xususiy don korxonalarida 0,8 mln tonna, fermer xo‘jaliklarining omborlarida 2,9 mln tonna donni saqlash imkoniyati mavjud», deya Nigora Xo‘jayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, aholi iste'moli uchun kishi boshiga o‘rtacha 70,2 kg, jami respublika aholisi uchun 2,4 mln tonna un va un mahsulotlari talab etiladi.

«Respublikada un mahsuloti ishlab chiqarish yiliga 2,3 mln tonnani tashkil etadi. Xususan, «O‘zdonmahsulot» AKga qarashli 44ta korxona 2 mln tonna, 118ta xususiy don korxonasi 340,3 ming tonna un mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega», deya ta'kidladi vazirlik vakili.

Ko‘proq yangiliklar: