Qanday qilib barcha avlodlar uchun makon yaratiladi?
Rezidensiya hovlisida bolalar, kattalar va keksa odamlar toza havoda dam olish, o‘ynash, suhbat qurish va ishlash imkoniyatiga egalar.
Podiumning balandligi yer sathidan 4 metr baland bo‘lganligi sababli, hovli mashinalardan ozod bo‘ladi.
Katta hovli raqamlarda.
B, C va D bloklarining har biridagi hovlilarning maydoni 4524 m² - bu taxminan 11ta basketbol maydonchasiga tengdir.
A blokda hovli maydoni 10 180m² - bu 1 gektardan ko‘proq bog‘ deganidir.
D blokida joylashgan birinchi hovli 2020 yil sentabr oyida foydalanishga topshiriladi.
Dam olish maydoni
Mirabad Avenue rezidensiyasi hovlisida sharshara pardali, go‘zal manzaraga ega ikki qavatli dam olish zonasi barpo etiladi.
Sharsharalar va atrofdagi hovuz kunning issig‘ida o‘zgacha mikroiqlim hosil qiladi.
Dam olish zonasining birinchi qavatida rezidensiya aholisi yumshoqqina mebelda, toza havoda dam olishlari mumkin. Istagan odam zina orqali ikkinchi qavatga chiqishlari mumkin.
Bu yerda dam olish zonasi va tabiiy o‘simliklar bo‘ladi. Quyoshdan berkinish va rezidensiya hovlisini tomosha qilish uchun katta soyabonlar xizmatingizga tayyor.
Kichkintoylar uchun o‘yin maydoni
O‘yin maydonchasi - bu kichik yoshdagi aholi qayta-qayta kelishini xohlaydigan joy.
Maydoncha yorqin, zamonaviy, funksional va eng muhimi, xavfsiz tarzda yaratilgan. Uni yaratishda bolalar maydonchalari va trenajyorlar ishlab chiqarishda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning "Nash dvor" kompaniyasi ishtirok etmoqda.
Shuningdek, hovlida yopiq o‘yin maydoni ham bo‘ladi, u yerda bolalaringiz enaga nazoratida bo‘lishadi. Fitness bilan shug‘ullansangiz yoki rezidensiya hududida uchrashuv rejalashtirsangiz bolangizni shu yerda qoldirishingiz mumkin.
Barchaga joy yetadi
Mirabad Avenue rezidensiyasi hovlisida barcha aholi bo‘sh vaqtini o‘tkazishi uchun keng sayr maydonlari bo‘ladi.
Ochiq havodagi sport zali
Rezidensiya hovlisida eng faol insonlar uchun mashg‘ulot zonasi tashkil etiladi. Bu yerda quyoshda qizib ketmaslik uchun chodir ostida jihozlangan zamonaviy trenajyorlarda sport bilan shug‘llanishlari mumkin.
Mashq zonasi hududida xavfsiz sport mashg‘ulotlari uchun yumshoq pol o‘rnatiladi. Mashg‘ulot zonasi bilan birga hovli hududida faqat shu yerda yashaydigan aholi uchun fitness-zal ishga tushiriladi.
Asosiy zonalardan tashqari usti yopiq o‘rindiqlar, shaxmat o‘ynash uchun joylar va hatto stol tennisi maydoni ham jihozlanadi.
Bir so‘z bilan aytganda rezidensiya hovlisi o‘z ichiga komfort va muvaffaqiyatga intilayotgan, faol va o‘ziga ishongan odamga zarur bo‘lgan barcha narsani qamrab oldi.
Mirabad Avenue haqida batafsil ma'lumot bilishni xohlaysizmi?
Bizning raqam: 78 150 22 22
Sotuv bo‘limi manzili: Toshkent, Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, D blok.
Ish vaqti:
Ish kunlari 9:00dan 19:00 gacha
Dam olish kunlari 10:00dan 18:00 gacha
Telegram ChatBot: t.me/mirabad_avenue_bot
Telegram kanal: t.me/mirabad_avenue
Instagram: instagram.com/mirabad_avenue
Facebook: fb.com/mirabad.avenue
Sayt: mirabad.uz
Reklama huquqi asosida