Madaniyat xodimlarining yangi maoshlari e'lon qilindi

Jamiyat 07:31 / 30.06.2020 48194

2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari ma'muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi. O‘sha paytda mehnatga haq to‘lash guruhlarini inobatga olgan holda xodimlarning malaka toifalari va lavozimlari bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, 2020 yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga yoki 7 foizga oshirildi.

Tegishincha, quyidagilarning maoshlari xuddi shu tarzda indeksatsiya qilindi:

teatrlar va sirklarning ma'muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari;

teatrlar artist xodimlari;

konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) ma'muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlar;

konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlari;

hayvonot bog‘i xodimlari;

davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi ma'muriy-boshqaruv xodimlari, shuningdek ijodiy xodimlari va mutaxassislari;

madaniy-ma'rifiy muassasalarning ma'muriy boshqaruv, ijodiy va boshqa xodimlari xodimlari;

madaniyat markazlari xodimlari.

Ayrim muassasalar va xodimlar toifasi kesimidagi oshiruvchi koeffitsiyentlar o‘zgarishsiz qoldirildi. Ish beruvchilar-budjet muassasalariga yangi raqamlarni hisobga olib o‘z xodimlarining ish haqlarini qayta hisoblab to‘lash topshirildi.

Hujjat 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: