Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, «Jizzax Petroleum» MChJ QKga ishonchli boshqaruvga o‘tgan bo‘lib, unda yangi AI-80 LYuKS yoqilg‘isini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Mazkur standart Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida, foydalanishga qulay va ekologik talablarga mos avtobenzin ishlab chiqarish imkonini beradi
Tarkibda olefin va oltingugurt miqdorining kamligi sababli AI-80 LYuKS yoqilg‘isi avtomobil dvigatelining faoliyatiga, shuningdek uning chiqindi gazini qayta ishlash tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Hamda bir marta to‘la bak yoqilg‘i quyish natijasida 50 km gacha ko‘proq masofani bosib o‘tishni ta'minlaydi.
Mazkur natijani Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va «Jizzax Petroleum» MChJ QK mutaxassislarining, korxonadagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarining yorqin ifodasi deyish mumkin.
«Jizzax Petroleum» MChJ QK Axborot xizmati