Sotuvlarning 87,4 foizi - birja savdolari, 4,8 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 6,8 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,9 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 427,0 mlrd so‘mni tashkil qildi, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 5,6 foizga ko‘pdir. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 17,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 498 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,7 mlrd so‘mni tashkil qildi, bu esa oldingi haftaga nisbatan 19,5 foizga ko‘pdir. Savdolar natijasida bitimlarning 5,1 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 17,8 foizi ikkinchi, 24,2 foizi uchinchi, 12,3 foizi to‘rtinchi, 16,9 foizi beshinchi va 23,8 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 979,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, bu ko‘rsatkich oldingi haftaga nisbatan 4,9 foizga ko‘pdir. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 4 364,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 488,0 tonnasi, ya'ni 34,1 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 73 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,3 mln so‘mdan 9,1 mln so‘mgacha, ya'ni 2,3 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,8 foizga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 mln so‘mni tashkil etdi.
Hafta davomida birja savdolariga 3 965,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 252,0 tonnasi, ya'ni 6,3 foizi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,83 mln so‘mdan 5,85 mln so‘mgacha, ya'ni 0,3 foizga ko‘tarildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 2,2 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,84 mln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 159 199,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 22 117,7 tonnasi, ya'ni 13,9 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 69 xaridor ishtirok etdi.
Birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3,7 mln so‘mdan 3,9 mln so‘mgacha, ya'ni 6,3 foizga ko‘tarildi.
AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5,8 foizga ko‘tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 3,8 mln so‘mni, AI-91 benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 1,2 foizga ko‘tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 4,4 mln so‘mni tashkil etdi.