Irlandiyada yangi bosh vazir saylandi 

Jahon 08:47 / 28.06.2020 1968

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Martin uchun parlamentning 93 a'zosi ovoz bergan, 63 a'zosi qarshi chiqqan. Uchta partiya o‘rtasida tuzilgan koalitsiyaviy kelishuvga ko‘ra, 2,5 yildan keyin Martinni bosh vazir lavozimida Fine Gael partiyasi yetakchisi Leo Varadkar almashtiradi. Undan keyin ushbu lavozimni “Yashillar partiyasi” yetakchisi Imon Rayan egallaydi.   

“Irlandiya respublikasi bosh vaziri etib saylanish men uchun ulkan faxrdir. Men javobgarlikning katta yukini his qilmoqdaman va millatimizning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun hukumatdagi hamkasblarim bilan kun-u tun ishlashga va'da beraman”, deb yozgan yangi bosh vazir Twitter’da. 

Avvalroq Irlandiyani uning tarixida ilk bor uch bosh vazir navbati bilan boshqarishi ma'lum qilingandi. Ushbu lavozimda “Fianna Fayl” yetakchisi Mixol Martin, amaldagi bosh vazir, “Fine Gel” partiyasi yetakchisi Leo Varadkar va “Yashillar partiyasi” yetakchisi Imon Rayan o‘zaro o‘rin almashadi.

Ko‘proq yangiliklar: