Sietl va Portlendda namoyishchilar politsiya mahkamalariga hujum uyushtirdi
Bir guruh namoyishchilar Sietl g‘arbida politsiya mahkamasiga kirishga uringan. Politsiya hujumni qaytargan.

AQShning Sietl va Portlend shaharlarida namoyishchilar politsiya mahkamalariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanalning bildirishicha, bir guruh namoyishchilar Sietl g‘arbida politsiya mahkamasiga kirishga uringan. Politsiya hujumni qaytargan.
Portlendda esa norozilik namoyishi qatnashchilari politsiya mahkamasi oldida yong‘in uyushtirgan va huquqni himoya qilish organi xodimlari bilan to‘qnashuvlar sodir etgan.
Sietl hukumati shahar markazida e'lon qilingan "avtonom hudud"ni yakshanba tongiga qadar olib tashlamaslikka va'da berdi. Mer Jyenni Derkan namoyishchilar vakillari bilan uchrashuvdan so‘ng ana shunday qaror qabul qilindi.
Avvalroq Sietldagi namoyish qatnashchilari shaharning markaziy rayonlaridan birini o‘nlab chodir va to‘siqlar bilan to‘sib, "avtonom hudud" deb e'lon qilgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Sietldagi tartibsizliklar ishtirokchilarini bir necha bor anarxiyachi va terrorchi deb atadi. 11 iyun kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Oq uy rahbari milliy gvardiyani jalb etish bilangina Sietlda tartibni tiklash mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid

14:00 / 24.02.2025
Ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

09:40 / 26.12.2024
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi

14:07 / 06.08.2024
Bangladeshda ikki kun ichida 231 kishi halok bo‘ldi

11:06 / 05.08.2024