Bangladeshda ikki kun ichida 231 kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:09 / 06.08.2024 3262

Bangladeshdagi tartibsizliklar so‘nggi ikki kun ichida 231 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Dhaka Tribune gazetasining yozishicha, kecha Bangladeshdagi tartibsizliklar bosh vazir Shayx Hasina hukumat kursini tark etganiga va armiya «o‘tish davri hukumati tuzilishini» e’lon qilganiga qaramay davom etgan.

Namoyishlar chog‘ida 135 kishi zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi.

Eng qattiq to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan poytaxt Dakkada kecha politsiya otishmasi, to‘dalar to‘qnashuvi va talonchilik oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi tan jarohati oldi. 

Bangladeshning deyarli barcha shtatlarini qamrab olgan tartibsizliklar paytida ko‘plab rasmiy binolar yoqib yuborilgan. Sherpur shahrida namoyishchilar egallab olgan qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qochib ketdi. 

Bangladeshda ommaviy tartibsizliklar mamlakat hukumati davlat lavozimlari uchun aksariyat kvotalarni bekor qilganidan keyin boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: