Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 14:52 / 17.11.2024 3561

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi 35 yoshli ayol Beshariq tumani IIB tergov bo‘limi surishtiruvchisiga murojaat qilib uning ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, hibsga olingan tanishining qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yopib yuborish evaziga 3 ming dollar taklif qilgan.

Xodim ayolga pora berish jinoyat ekanini tushuntirganiga qarmasdan u takror-takror pul taklif qilishda davom etgan. Shundan so‘ng xodim bu haqda bildirgi bilan chiqqan.

Xodimning bildirgisiga asosan 2024 yil 31 oktyabr kuni shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Beshariq tuman prokuraturasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbirda ayol tergov bo‘limi surishtiruvchisiga 2,1 ming dollarni berayotganda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: