Qashqadaryoda fuqaroga 373 mln so‘m pullarini bermasdan kelayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 08:48 / 25.06.2020 4250

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 42 yoshli J.M. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U Kitob tumani Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi L.X. va B.X.ga 2018 yil noyabr oyining boshlarida 1,5 milliard so‘mlik metall profnastil mahsulotlari berganligini, ular pullarning bir qismini berib, qolgan 373 mln. so‘m pullarni hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligini, pullarini L.X. va B.X.dan undirib berib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, og‘zaki yoki yozma ravishda kelishuvlarni tuzganda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz, zaruriyat tug‘ilganda notarius yoki yurist xizmatidan foydalanishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: