Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 280 nafar ekanligi qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasidan ekanligi ma'lum qilingan edi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bemorlarning 3 nafari Navoiy shahridan, Xatirchi va Karmana tumanlaridan 1 nafardan infeksiyaga chalingan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.