Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTMlardagi qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Jamiyat 11:10 / 25.06.2020 1378

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning oliy ta'lim muassasalariga qay tartibda hujjat topshirishi mumkinligini ma'lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni asosida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta'minlash maqsadida, ular oliy ta'lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiyena talabalariga qat'iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, vazirlik boshqa toifadagi abituriyentlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qat'iy belgilanganini ham yana bir bor eslatdi.

Avvalroq qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev joriy yilgi bitiruvchilarning 148 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekani haqida ma'lum qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: