Chilonzor tumanidagi ayrim manzillarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 08:21 / 25.06.2020 2337

Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati (avariya) aniqlangan. Bu haqda “Hududgaz Toshkent shahar” MChJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, shu sababli ushbu hududda 25 iyun kuni 11:00 dan 17:00 gacha ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan ayrim manzilgohlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Ular:

Chilonzor 10-16-17-mavzelari;
Ts-mavzesi;
“Naqqoshlik” MFY;
“Do‘mbirobod” MFY;
“Katta Do‘mbirobod” MFY;
Gavhar MFY;
“Tirsakobod” MFY;
“Katta Qozirobod” MFY.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: