“Biofizikaning O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toshmuhammedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyiladi xabarda.
Bekjon Toshmuhammedov 1935 yil Toshkentda tug‘ilgan, biolog-biofizik olim. O‘zbekiston FA akademigi.
Atoqli yozuvchi Oybekning o‘g‘li bo‘lgan Bekjon Toshmuhammedov Moskva universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan. ToshDUda kichik ilmiy xodim, biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston FA yadro fizikasi va Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, u ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri, O‘zbekiston FA Fiziologiya institutida direktor, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston FA Prezidiumi a'zosi bo‘lgan.