Qarshida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar quladi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 08:22 / 24.06.2020 29502

Qarshi shahrida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar quladi. Bu haqda FVV xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 iyun kuni soat 21:30da Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Buning oqibatida 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va prokuratura organlarining hududiy boshqarmalari shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari yetib borishgan.

Ayni vaqtda holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: