Birjada bir haftada qancha shakar va benzin sotilgani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 17:13 / 22.06.2020 3247

Bunda sotuvlarning 86,5 foizi - birja savdolari, 4,3 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 8,4 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,8 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 404,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 20,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1050ta avtoraqamlar sotildi, bu esa oldingi haftaga nisbatan ikki marotaba ko‘pdir. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 5,1 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 16,3 foizi ikkinchi, 26,1 foizi uchinchi, 14,7 foizi to‘rtinchi, 17,2 foizi beshinchi va 20,6 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 933,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 4 517,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 305,0 tonnasi, ya'ni 28,9 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 36ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,3 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha, ya'ni 1,7 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 6,6 foizga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 mln so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida birja savdolariga 5 349,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 2 677,0 tonnasi, ya'ni 50,0 foizi sotildi. Shu bilan birga, Belarusdan import qilingan shakar ham qo‘shimcha ravishda birja savdolariga qo‘yilmoqda. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 25 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,7 mln so‘mdan 5,8 mln so‘mgacha, ya'ni 1,7 foizga ko‘tarildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 4,2 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,7 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 191 157,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 15 521,9 tonnasi, ya'ni 8,1 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 70 xaridor ishtirok etdi.

Birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3,60 mln so‘mdan 3,68 mln so‘mgacha, ya'ni 2,3 foizga ko‘tarildi.

AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 2,4 foizga ko‘tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 3,6 mln so‘mni, AI-91 benzinni narxi deyarli o‘zgarmadi va 4,4 mln so‘mni tashkil etdi.

Qurilish mavsumi avjida sementga talab oshib bormoqda, shuning uchun xaridorlar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda. O‘tgan hafta davomida 195 846,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan deyarli barchasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 25 xaridor ishtirok etdi, bu avvalgi haftaga nisbatan 54,0 ishtirokchiga ko‘pdir.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 702,6 ming so‘mdan 765,5 ming so‘mgacha, ya'ni 8,9 foizga ko‘tarildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida sementning Ps M-400 D-20 markasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 11,3 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 751,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: