Joriy yilning 20 iyun kuni Talimarjon-12 yangi qudug‘ida uglevodorodlar hajmini oshirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda kompleks ishlar yakunlandi. Quduqning sermahsul oraliqlarida multi-GRP amaliyoti o‘tkazilishi natijasida gazning kunlik oqimi 50%ga oshdi.
Eslatib o‘tamizki, 31 may kuni mazkur yangi quduq sinovdan o‘tkazilganida undan ochiq stvoldagi kunlik debiti 200 ming kub.m ga teng bo‘lgan gazning sanoat miqyosidagi oqimi olingan edi.
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga qat'iy amal qilingan holda olib borilmoqda.
Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi aholi ehtiyoji uchun mamlakat ichki bozoriga yuborilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati