Shayxontohur va Olmazor tumanidagi ayrim manzillarda sovuq suv o‘chiriladi

Jamiyat 11:20 / 20.06.2020 3302

Joriy yilning 22 iyun kuni soat 22:00 dan 23 iyun kuni soat 23:59 ga qadar Beruniy ko‘chasida D-800 mm bo‘lgan toza ichimlik suvi quvurini  ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu Toshkent shahar Shayxontohur tumani suv tarmoqlarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi.
 
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ayrim manzillarda sovuq suv ta'minoti o‘chirilishi va suv bosimi pasayishi kuzatiladi. 

Olmazor tumani bo‘yicha:

- B-1 dahasi;
- B-3 dahasi;
- Nurafshon ko‘chasi;
- Qorasaroy ko‘chasi;
- Eski Qorasaroy ko‘chasi;
- Sag‘bon 1,2-tor  ko‘chalar;
- B.Zokirov ko‘chasi;
- Farobiy ko‘chasi; 
- Ozod ko‘chasi;
- Janon ko‘chasi;
- Langar ko‘chasi;
- Zarqaynar va Zarqaynar tor ko‘chalari;  
-  A.Qodiriy ko‘chasi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

- Markaz-26 mavzesi;
- Markaz-27 mavzesi;
- Markaz-28 mavzesi;
- "Ilg‘or" MFY;
- "Tinchlik" MFY;
- Beruniy ko‘chasi;
-Tinchlik ko‘chasi va Tinchlik tor ko‘chalari;
- "Sarxumdon" MFY;
- "Chaqar" MFY;
- "Gulbozor" MFY;
- Zafarobod MFY;
- "Bo‘ston" MFY ; 
- Huvaydo MFY:

Suv ta'minotidan uzilgan fuqarolar 1054 qisqa raqamiga yoki  712526054, 712525578 raqamlariga  murojaat qilishlari mumkin. Qayd etilgan manzillarga maxsus avtomashinalarda ichimlik suvi yetkazib beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: