«Qizim maxsus moslama orqali eshitadi, uni olishga esa mablag‘imiz yo‘q» -7 yoshli qizaloqning onasiga ko‘maklashaylik

Jamiyat 15:04 / 20.06.2020 9163

Bizga ana shunday onalardan biri Dildora Tursunova yordam so‘rab murojaat qildi. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Ashurali Zohiriy MFY 44-uyda istiqomat qilib kelayotgan 3 farzandning onasi Dildora Tursunovaga bugun yaxshilar ko‘magi zarur bo‘lib turibdi.

2013 yilda tug‘ilgan jajjigina qizalog‘i Mohiroza Abdullayevaga shifokorlar ikki tomonlama surunkali sensonevral eshitish zaifligi, 4-darajali karlik tashxisini qo‘yishgan.

«Qizim eshitishga juda qiynaladi. Shu sabab qulog‘iga maxsus moslama sotib olganmiz. Moslama juda nozik ekan va ishdan chiqib qoldi. Uni ta'mirlashga 10 millon so‘mdan ortiq mablag‘ kerak ekan. Uyda faqat o‘zim ishlayman, ro‘mol tikaman. Turmush o‘rtog‘im Akmaljon Yusupov nogiron. Og‘ir mehnat qilish mumkin emas, to‘rt yuz ming so‘mga yaqin pensiya oladi. Uyimda ikki nuqsoni bor insonlar – qizim va turmush o‘rtog‘im bor. O‘zimning topganim ro‘zg‘ordan ortmayapti. Bu yil maktablar ochilguncha qizimga eshitish moslamasini olib berib, uni maktabga tayyorlashim kerak. Shuning uchun yaxshi insonlardan, saxovatpesha vatandoshlarimizdan yordam so‘rashga majbur bo‘lyapman. Hech kimning farzandini dard qiynamasin» deydi biz bilan suhbatda Dildora Tursunova.

Aziz vatandoshlar! Sizlardan mazkur xayriya aksiyasiga befarq bo‘lmasliklaringizni so‘rab qolamiz. Albatta, Alloh qilgan ehsonlaringizni nafaqat oxiratda, balki bu dunyoda ham mukofotini berishiga ishonamiz. Zero, «Ehsonning mukofoti faqat ehsondur». Savob ish qilishdan charchamang aziz yurtdoshlar!

Mohiroza Abdullayevaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma'lumotlar:

Onasi Tursunova Dildoraxon nomiga ochilgan karta:

UzCard: 8600 4829 7648 4458

Telefon:+998 90 570 71 07

Rahmatillo Isroilov

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: