Sovutgichingizda turgan kolbasa va kolbasa mahsulotlarining nimadan tayyorlanishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Sirli retseptlar atrofida doimo ko‘plab afsonalar bo‘lgan. Rozmetov jamoasi ilgarilab, parhezli kolbasa va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqardi, hamda ularning tarkibini oshkor qildi.
Ushbu parhezli mazali mahsulotlarning tarkibini kim tekshirganligi, ularda aslida qancha kaloriya va foyda borligi haqida professor, ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis, nutritsiolog, Toshkent tibbiyot akademiyasining vakili Guli Shayxova batafsil ma'lumot berdi.
«Parhez» va «kolbasa» so‘zlarining uyg‘unligi bo‘lishi mumkinmi? Kolbasa mahsulotlari parhezli bo‘lishi mumkinligi rostmi?
– Agar ularning tarkibini to‘g‘ri tanlab, tayyorlash usuliga rioya qilinsa – rost. Biroq buning yana bir muhim jihati bor. Bu kolbasani qanday iste'mol qilishingizga ham bog‘liq. Agar uni qovurib, ko‘p miqdorda non qo‘shib yesangiz, albatta ortiqcha kaloriyalardan xoli bo‘lmaysiz va kolbasaning parhezli jihatlari boshqa mahsulotlardan olingan mikroelementlar hisobidan qoplanadi.
Demak, kolbasaning o‘zini, hech qanday mahsulot qo‘shmay iste'mol qilish afzalmi?
– Sog‘lom va uyg‘unlashgan ovqatlanishda kolbasa shunchaki go‘sht asosida tayyorlangan mahsulot sifatida o‘z o‘rnini egallaydi. Siz shunchaki uni o‘z (hammada o‘ziga xos bo‘lgan) kaloriyalar miqdoriga, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar tarkibiga qo‘shasiz.
Rozmetov kompaniyasida ishlab chiqarilgan parhezli kolbasa xususida nima deya olasiz? Uni ToshTA qat'iy nazorati ostida tayyorlashgani rostmi?
– Rost. Bu O‘zbekiston bozoridagi ilk bu turdagi mahsulot. Biz uni ishlab chiqishda ishtirok etganimizdan mamnunmiz. Toshkent tibbiyot akademiyasining Ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi ko‘magida «Rozmetov» brendi uchun yangi «Parhezli» kolbasa va sosiska mahsulotlarining tarkibi ishlab chiqildi. Mahsulot foydali ekanligining eng muhim ko‘rsatkichi uning tarkibidadir: oqsillarga boy – 100 gramm mahsulotga 12 gramm, mikroelement va vitaminlar bilan boyitilgan, hamda zararli bo‘yoq va ta'm kuchaytirgichlardan holi, sog‘lom mahsulot.
Uning oddiy kolbasadan farqi nimada?
– Mahsulot biz odatlangan kolbasa mahsulotlaridan ancha farq qiladi. Uning asosini kurka go‘shti tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar ishlab chiqarilishida brend submahsulotlardan to‘liq voz kechdi.
Ma'lumot uchun: Parhezli go‘shtli mahsulotlar Rozmetov kolbasa mahsulotlari qatorida shahar supermarket va bozorlarida mavjud.
Instagram: @rozmetov.uz
Facebook: fb.com/rozmetov.uz
Telegram: t.me/rozmetov_official
Reklama huquqi asosida