Farg‘onada Nexia-2 haydovchisi voyaga yetmagan shaxsning vafot etishiga sababchi bo‘ldi

Jamiyat 08:48 / 19.06.2020 5234

Joriy yilning 16 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

Fuqaro A.I. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini Log‘on MFY hududida orqa tomonga harakatlantirib, avtomashina orqasida bo‘lgan piyoda, voyaga yetmagan R.M.ni urib yuborgan.

Oqibatda, voyaga yetmagan R.M. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang”, - deyiladi ma'lumotda. 

Ko‘proq yangiliklar: