Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Davron Allanazarov vazirlikning Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D. Allanazarov shu kunga qadar vazirlikning Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Suhrob Yusupov vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S. Yusupov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.