«Ta'mirlandi, deyilgan xonadonlar ta'mirlanmagan bo‘lib chiqmoqda» – Botir Parpiyev «Obod xonadon» tamoyili bo‘yicha ishlardagi kamchiliklarni aytdi

Jamiyat 15:35 / 18.06.2020 12798

«Rejaga muvofiq, bir kunda bitta mahallada bitta xonadon ta'mirlab borilsa, respublika bo‘yicha bir kunda 9145ta xonadon ta'mirlanishi kerak edi. Ammo 10 iyundan 16 iyunga qadar 13984ta xonadon ta'mirlangan, xolos.

Bu raqamlar Toshkent shahrida 38ta, Qashqadaryo viloyatida 72ta, Sirdaryoda 141ta, Surxondaryoda 360ta, Jizzaxda 411tani tashkil etadi.

Ta'mirlangan, deb ma'lumot berilgan ba'zi xonadonlar ta'mirlanmagan bo‘lib chiqmoqda», dedi u Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining videoselektor yig‘ilishida.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida 3484 nafar ishsiz fuqaro aniqlangan bo‘lib, ulardan 353 nafari ishga joylashtirilgan, 50 nafariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olib berishda, 259 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashilgan, 37 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: