Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga Xalqaro valuta jamg‘armasidan mablag‘lar jalb qilinadi

Iqtisodiyot 09:53 / 18.06.2020 3260

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga Xalqaro valuta jamg‘armasidan mablag‘lar jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Xalqaro valuta jamg‘armasining (XVJ) “Tezkor kreditlash dasturi” bo‘yicha 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 92,05 million maxsus ayirboshlash huquqi (MAH) miqdoridagi foizsiz qarz va “Tezkor moliyalashtirish instrumenti” bo‘yicha 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davri bilan 183,55 million MAH miqdoridagi qarz ajratish bo‘yicha rasmiy so‘rovnoma yuborilgan;

XVJ tomonidan mazkur so‘rovnoma asosida 2020 yil 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasiga yuqoridagi mablag‘lar ajratilishi ma'qullagan;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasida mazkur qarzlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushirish va qarzga xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini ifodalovchi Anglashuv Memorandumi imzolangan;

XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlar doirasida amalga oshiriladigan davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida davlat buyurtmachilari ushbu mablag‘lar doirasida shartnomalar tuzilgan davlat xaridlari ijrochilarining benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: