Chilonzor va Uchtepa tumanida iste'molchilar gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi 

Jamiyat 08:13 / 18.06.2020 2474

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent shahar” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18 iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan ayrim manzillarda istiqomat qiluvchi iste'molchilar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi. 

Chilonzor tumani: 

10-mavze; 

Ts-mavze;

16-17-mavze;

“Naqqoshlik” MFY;

“Katta Do‘mbirobod” MFY;

“Kichik Do‘mbirobod” MFY;

Gavhar MFY;

“Tirsakobod” MFY;

“Katta Qozirobod” MFY. 

Uchtepa tumani:

11-12-mavze;

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: