«Chelsi» Timo Verner transferini e'lon qildi

Sport 16:03 / 18.06.2020 5572

Germaniyalik 24 yoshli futbolchi londonliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Timo yangi jamoasiga Germaniya Bundesligasi bahslari yakunlangach, iyul oyida kelib qo‘shiladi. 

Oldinroq, Vernerning transferi «Chelsi» klubiga 53 million yevroga tushishi haqida xabar berilgandi. Nemis hujumchisi Angliyada haftasiga 170 ming funt miqdorida maosh oladi. 

Ma'lumot uchun, Timo 2016 yildan buyon «RB Leypsig» safida to‘p surib kelmoqda. Forvard Bundesliga joriy mavsumida 32 o‘yinda maydonga tushib, 26ta golga mualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: