Yangi sharoitlardagi hayot: INVENTO International School qay tarzda faoliyat olib boradi

Jamiyat 15:00 / 16.06.2020 5773

So‘nggi bir necha oy davomida hayotimiz tubdan o‘zgardi. Ota-onalar bu muddat davomida bolalari bilan ko‘proq vaqtni birgalikda o‘tkazgani sir emas. Natijada ular farzandlarining ovqatlanishi, sog‘ligi va xavfsizligi masalalariga yanada ko‘proq e'tibor bera boshladilar. Endilikda esa, odamlar asta-sekinlik bilan odatiy hayot tarziga qaytar ekan, bolalar uchun ishonchli va mas'uliyatli tarbiyachi tanlashda yangi talablar ahamiyati oshmoqda.

Xavfsizlik pirovard maqsadimiz

Tarbiyalanuvchilar salomatligi asosiy o‘rinda qaralar ekan, INVENTO bog‘chasida bolalar, ularning ota-onalari hamda ishchi xodimlarning xavfsizligi uchun barcha sanitariya norma va qoidalariga qat'iy e'tibor beriladi.

Har kuni sanitariya xizmatlari bilan hamkorlikda har bir xona izchil dezinfeksiyadan o‘tkaziladi va kiyim-kechaklar maxsus ishlov berish orqali tozalanadi. INVENTO hududi bo‘ylab tana haroratini o‘lchash uchun infraqizil kameralar va antiseptikli qutilar joylashtirilgan. Oshxonada esa idish-tovoqlar bug‘li uskuna yordamida yuviladi.

INVENTO bolalar bog‘chasida ilk ish kunlaridanoq zamonaviy dastur va texnik bazasi ishga tushirildi. Xususan, Janubiy Koreyaning SOLT xavfsizlik tizimi favqulodda vaziyat yuz berishi bilanoq tarbiyachilarga xabar yuboradi, yoki Brightwheel ilovasi yordamida ota-onalar dunyoning istalgan nuqtasidan bog‘cha faoliyatini onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.

Bundan tashqari, INVENTO bog‘chasida e'tibor nafaqat xavfsizlikka, balki tarbiyalanuvchilarning immunitetini mustahkamlashga ham qaratiladi. Aynan shu maqsadlarga binoan, bog‘cha hududidagi basseyn, sport va gimnastika zallari, tuzli xona va boshqalar bolalarning salomatligi uchun xizmat qiladi.

Xalqaro miqyosdagi ta'lim tizimi

INVENTO International School har bir bola tarbiyasi uchun mehr va g‘amxo‘rlikka yo‘naltirilgan xavfsiz muhit yaratuvchi yangi avlod bolalar bog‘chasidir. Ta'lim borasida tarbiyalanuvchilarning aqliy, ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga kuchli e'tibor qaratiladi. Bu maqsad uchun yuqori darajali mutaxassislar xizmatlari va ta'lim usullaridan foydalaniladi.

Telefon raqami: +998 71 210 99 99

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 4A, Tashkent City XIM

Veb-sayt: invento.uz

Telegram: t.me/Inventouz

Instagram: @Inventouz

Facebook: fb.com/Inventouz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: