AQSh Federal zaxira tizimining sobiq maslahatchisi josuslik ishi bo‘yicha hibsga olindi

Jahon 23:19 / 01.02.2025 734

AQShda Xitoy foydasiga tijoriy sirlarni o‘g‘irlashda ayblangan Federal zaxira tizimining (FZT) xalqaro moliya bo‘limi sobiq katta maslahatchisi Jon Garold Rojyers Xitoy hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi xabar berdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Jon Garold Rojyers regulyatorga yolg‘on ma’lumot taqdim etgan va o‘z navbatida davom etayotgan tergovga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Rojyers iqtisod bo‘yicha doktorlik darajasiga ega AQSh fuqarosi bo‘lib, 2010 yildan 2021 yilgacha FZT katta maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lum qilinishicha, u o‘zlarini Xitoy universiteti aspirantlari sifatida tanishtirgan maxsus xizmat xodimlariga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgan.

Rojyers ulashgan ma’lumotlardan Xitoyga AQSh bozorini manipulyatsiya qilish imkonini berishi mumkin edi. Ta’kidlanishicha, AQShning iqtisodiy siyosati, jumladan, foiz stavkalarining o‘zgarishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish Xitoyga Qo‘shma Shtatlarning qimmatbaho qog‘ozlari va obligatsiyalarini xarid qilish yoki sotishda ustuvorlik taqdim etishi mumkin bo‘lgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Rojyers kamida 2018 yildan boshlab FZTdagi mavqeidan foydalanishga kirishgan. Sobiq maslahatchi Xitoydagi mehmonxonalarda sheriklari bilan «dars» bahonasida uchrashgan va ularga maxfiy tijoriy ma’lumotlarni berib kelgan.

Rojyers sud tomonidan aybdor deb topilgudek bo‘lsa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 5 million dollar jarimaga tortilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: