Toshkentda ikki haftada giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 74ta fakt aniqlandi

Jamiyat 12:34 / 16.06.2020 2464

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, joriy oyning boshidan o‘tgan 14 kun ichida “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jinoyat qidiruv xodimlari va profilaktika inspektorlari tomonidan giyohvandlik o‘simliklari yetishtirish bilan bog‘liq 8ta fakt aniqlandi. Mazkur faktlar asosida Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha 56ta jinoiy ish, 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bo‘yicha esa 10ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Noqonuniy savdodan jami 3 500 grammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyatini marixuana, ko‘knor va gashish tashkil qildi.

Bundan tashqari, shu davr ichida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida kuchli ta'sir qiluvchi tibbiy preparatlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq faktlar bo‘yicha 6ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Noqonuniy savdodan 151ta “Tropikamid” hamda tarkibida “pregabalin” bo‘lgan 209ta preparat musodara qilindi, deyiladi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma'lumotida. 

Ko‘proq yangiliklar: