Ushbu voqealar sodir bo‘lgan kunning ertasigayoq «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining xodimlari tezkor ravishda murojaat qilgan mijozlarning uy-joylariga yetib bordilar va ushbu tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan va ziyon ko‘rgan mol-mulklarini baholash ishlarini amalga oshirdilar.
Murojaatlar tezkor ravishda ko‘rib chiqilib, qisqa vaqt ichida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi, ularning hajmi joriy yilning 12 iyuniga qadar 3,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
- Buxoro viloyati
Kelib tushgan murojaatlar soni: 175
To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 2 330,4 - Sirdaryo viloyati
Kelib tushgan murojaatlar soni: 20
To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 1 241,8 - Navoiy viloyati
Kelib tushgan murojaatlar soni: 13
To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 224,7 - Samarqand viloyati
Kelib tushgan murojaatlar soni: 12
To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 32,9 - Jami:
Kelib tushgan murojaatlar soni: 220
To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 3 829,7
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiga berilgan sug‘urta himoyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni davom ettirmoqda.
Eng muhim qadriyat – inson hayoti, yo‘qolgan mol-mulk yoki ko‘rilgan zarar «O‘zbekinvest» tomonidan qoplanadi.
«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati