Hukumatning 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2020-2022 yillarda Hazorasp tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi, chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari, tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda tumanda yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini qayta qurish va modernizatsiya qilish, ijtimoiy soha obektlarini yangidan kurish va ta'mirlash, irrigatsiya obektlarini qayta qurish va tamirlash dasturlari tasdiqlandi.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘laytirish;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirishch, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish.