Farg‘onadagi maxsus kasb-hunar maktabi imkoniyatlari cheklangan yoshlarni o‘qishga taklif qiladi

Jamiyat 16:00 / 15.06.2020 1607

Bizning maskanda siz:

  • Bejirim liboslar tikishni, loyihalashtirishni, qulay va sifatli poyabzal tikishni, ta'mirlashni;
  • Zamonaviy telefonlar, radioteleapparaturalar va maishiy uskunalarni ta'mirlash xizmati ko‘rsatishni;
  • Zamonaviy kompyuterlarning ichki va qo‘shimcha qurilmalarini o‘rnatish va ta'mirlash, ularga barcha dasturlarini o‘rnatish va dasturlar bilan ishlay olish, raqamli axborotlar va ularni qayta ishlashni o‘rganishingiz mumkin.

Bu hammasi emas!

UMS, Beeline, UzMobile singari aloqa operatorlarining xizmatlari turlari va ishlash prinsiplarini o‘rganmoqchi va ushbu kompaniyalarning xodimiga aylanmoqchimisiz?

Keyinchalik esa o‘z yo‘nalishingiz yoki tanlagan kasbingiz bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lmoqchimisiz?

Unda, bizning Farg‘ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb – hunar maktabida o‘qishga marhamat!

Biz imkoniyatlari cheklangan yoshlarni xalq uchun foydasi tegadigan, jamiyatning to‘laqonli a'zosi bo‘lishlari uchun o‘qitamiz.

Maktabimizda quyidagi tayyorlov yo‘nalishlari mavjud:

  • Tikuvchilik;
  • Radiotexnika va teleapparaturalariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash;
  • Poyabzal ishi (keng profilli);
  • Apparat va dasturiy ta'minot va raqamli axborotlarni qayta ishlash;
  • Mobil va pochta aloqasi operatori;

O‘qitish yangi zamonaviy o‘quv dasturlari va rejalari asosida olib boriladi. O‘quvchilar bepul yotoqxona, 3 mahal bepul issiq ovqat hamda stipendiya bilan ta'minlanadilar. Maktabda imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarning ta'lim olishlari va yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, fan kabinetlari, o‘quv amaliyoti ustaxonalari, 400 o‘rinli yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona, sport zali, kutubxona, ma'naviyat va tibbiyot xonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, stadion va sport maydonchalari mavjud.

Kasb-hunar maktabida o‘qish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Maktabga o‘rta ta'lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadilar:

1. Direktor nomiga ariza;

2. Pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;

3. 9-sinfni bitirganligi to‘g‘risida hujjatning (shahodatnoma) asl nusxasi;

4. Nogironlik to‘g‘risida TMEK ma'lumotnomasi (16 yoshga to‘lmagan bolalikdan nogironlar uchun tibbiyot muassasasi xulosasi);

5. 3,5×4,5 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;

6. Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha ma'lumot talab etilishi mumkin.

Maktab bitiruvchilariga o‘rnatilgan tartibda diplom beriladi.

O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi farg‘ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun kasb-hunar maktabi.

Bizning manzilimiz: Farg‘ona shahar, Pahlavon Mahmud ko‘chasi 23 uy.

Telefon: 0373-243-77-58, 91-206-68-60

Telegram: @ichshkhk

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: