Markaziy bank xorijiy valutalarning 16 iyundan yangi kursini e'lon qildi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 1,29 so‘mga pasayib, bir dollar 10151,90 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 31,91 so‘mga tushib, 11424,95 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi ham 2,56 so‘mga arzonlashgan va 1 rubl 145,39 so‘mni tashkil etgan.