Birjada sotilgan shakar va benzin hajmi ochiqlandi

Iqtisodiyot 15:23 / 15.06.2020 5819

Bunda sotuvlarning 89,4 foizi - birja savdolari, 4,4 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 5,8 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,3 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 29,6 foizga ko‘payib, 526,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 17,2 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 995 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 15,0 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 42,8 foizi ikkinchi, 39,3 foizi uchinchi, 0,8 foizi to‘rtinchi, 1,2 foizi beshinchi va 0,9 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali 4,5 foiz o‘sish bilan jami 1,1 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 091,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 904,0 tonnasi, ya'ni 29,2 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 41 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,02 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha, ya'ni 2,2 foizga o‘sdi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 1,5 foiz o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9,7 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada shakarga bo‘lgan talab sezilardi darajada tiklanganligi bois, ushbu mahsulot bo‘yicha birja savdolari jonlandi. Hafta davomida birja savdolariga 6 000,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 5 258,0 tonnasi, ya'ni 87,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 97 xaridor ishtirok etdi, bu avvalgi haftaga nisbatan 80 ishtirokchiga ko‘p.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,3 mln so‘mdan 5,5 mln so‘mgacha, ya'ni 3,9 foizga ko‘tarildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 2,3 foiz o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,4 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 193 334,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 19 342,1 tonnasi, ya'ni 10,0 foizi sotildi.

Birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3,4 mln so‘mdan 3,5 mln so‘mgacha, ya'ni 1,5 foizga ko‘tarildi.

AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 0,7 foizga pasayib, benzinning bir tonnasi uchun 3,5 mln so‘mni, AI-91 benzinni narxi deyarli o‘zgarmadi va 4,4 mln so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: