«Asaka» bank: Mirzaobod tumanida «Finiba tex» tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi ochiladi

Jamiyat 14:00 / 15.06.2020 3742

«Asaka» bank yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 18 ta yangi loyihani moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Loyihalar qiymati qariyb 152 mlrd so‘m bo‘lib, ularning ishga tushishi natijasida 800 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ana shunday loyihalardan biri Mirzaobod tumanida ish boshlaydigan «Finiba tex» tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidir. Loyihaning umumiy qiymati – 1 mlrd 166 mln so‘m.

Hozirda faoliyat amalga oshiriladigan binoni rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Tikuv mashinalari va xomashyo mahsulotlari olib kelingan. «Finiba tex» korxonasi joriy yilning iyul oyida ishga tushadi. Bu yaqin kunlar ichida Mirzaobod tumanida 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishidan dalolat beradi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 11 mlrd so‘mdan ziyod kiyim kechaklar ishlab chiqariladi. Bu hududda istiqomad qilayotgan aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, ayollarni doimiy ish bilan ta'minlash, mamlakatimiz bozoriga sifatli tikuv-trikotaj mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qiladi.

Avval xabar berganimizdek, mazkur tumanda shuningdek, «Mirzaobod Limonchilik klasteri»ni ham ochish nazarda tutilgan.

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

«Asaka» bank Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: