Joriy yilning 11 iyun kuni soat 20:00da, Toshkent shahri Chilonzor tumani 3-sonli IIBga birinchi bosqichga xizmatga jalb etilgan, IIBB PPX brigadasi 4-batalon, 1-otryadi xodimlari safdorlar Sh.Normaxamatov va I.Mirzamahmudov o‘z hududlarida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.
IIV xabariga ko‘ra, shu vaqtlarda ular Chilonzor tumani “Adiblar xiyoboni” oldida joylashgan avtoturargohi oldida bemaqsad turgan fuqaroni ko‘rib, shaxsiga oydinlik kiritish uchun oldiga borganlarida, u xodimlarni ko‘rib qochishga urinadi.
Lekin xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Chilonzor tumani 3-sonli IIBga olib borib shaxsi tekshirilganda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 111-uyda yashovchi, 1983 y.t. M.T. ekanligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilganda, unga tegishli sumka ichidan tegishli hujjati bo‘lmagan pnevmatik o‘q otar qurol borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.