Ma'lum qilinishicha, klubning birinchi muhokama mavzusi mamlakat tashqi qarz masalasi bo‘lishi kutilmoqda. Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etishi bildirildi.
Shuningdek, «Munozara klubi»ga mustaqil ekspertlar, soha mutaxassislari, jurnalist va blogerlar taklif etilgan.
Ma'lumot uchun, «Munozara klubi» hukumat iqtisodiy bloki tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u masalalar yuzasidan fikr almashish, jamoatchilikni kelgusi rejalar yuzasidan xabardor qilishning yangi platformasi sifatida taklif etilgan. Loyihaning bosh axborot hamkori - Kun.uz internet nashri.
Uchrashuv sermahsul va barcha uchun manfaatli bo‘lishi uchun mamlakat tashqi qarzi masalalari bo‘yicha qiziqtirgan savollar va masalalar yuzasidan @kunuzmurojaat xabar yo‘llang.