Markaziy bank raisi o‘rinbosari: «Mavjud instrumentlar har qanday xatarning oldini olishga yetadi»

Iqtisodiyot 15:46 / 11.06.2020 4323

Unda Markaziy bank raisining o‘rinbosari Behzod Hamroyev asosiy stavkaning tushirilishi yoki o‘z miqdorida ushlab turilishining valuta kursiga ta'siri haqidagi savolga javob berdi.

“Eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich – inflatsiya pasayadigan bo‘lsa, uning boshqa ko‘rsatkichlarga ta'siri ham pasayadi. Biz foiz stavkalarini nima uchun tushirishga harakat qilamiz, chunki mamlakatda narxlar barqarorligi ta'minlanadi. Inflatsiya pasayib borayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan foizlar ham pasayishi kerak. Ya'ni asosiy foiz stavka pasayib boradi. 

Valuta kursi ko‘proq ichki va tashqi omillarga bog‘liq, ya'ni uning talabi bilan taklifi. Agar bozorda valuta talabi bilan taklifi o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lsa, kurs o‘zgarishi mumkin. Ikkita omil mutanosib bo‘lsa, kurs o‘zgarmasdan qolishi mumkin. Ichki omillar avvalo inflatsiyaga borib taqaladi. Agar mamlakatda inflatsiya pasayib boradigan bo‘lsa, talab omillariga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va kursga oshiruvchi ta'sir ko‘rsatmasligi mumkin. Lekin almashuv kursi ichki omillardan tashqari tashqi omillarga ham bog‘liq: tashqi bozorlar, asosiy savdo hamkorlarimizning iqtisodiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlar. Bu o‘zgarishlarni oldindan aytib baholash imkoniyati yo‘q. 

Bugungi kunda Markaziy bankning pul-kredit siyosati, makroprudensial siyosati bo‘yicha mavjud instrumentlari har qanday xatarning oldini olishga yetadi. Agar foizlar yoki boshqalar bo‘yicha xatar ko‘radigan bo‘lsak, har bir xatarning oldini olib, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga erishamiz”, - dedi Behzod Hamroyev.

Ko‘proq yangiliklar: