AQSh davlat qarzi rekord ko‘rsatkichga yetdi

Iqtisodiyot 17:16 / 11.06.2020 13000

AQSh davlat qarzi 26 trillion dollarga yetib, rekord ko‘rsatkich qayd etdi, deb xabar berdi CBS News telekanali mamlakat moliya vazirligiga tayanib.

Vazirlik buni hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralari bilan bog‘lagan.

Moliya vazirligining ma'lumot berishicha, Donald Tramp prezidentligi davrida davlat qarzi olti trillionga oshgan.

Avvalroq vazirlikning sobiq rahbari Genri Polson davlat qarzining nazoratsiz o‘sishi va budjet defitsiti dollarning dunyodagi asosiy zaxira valutasi maqomidan mahrum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: