Xorijiy aviakompaniyalar O‘zbekistonga kelayotgan yo‘lovchilar haqidagi ma'lumotni DXXga taqdim etadi

O‘zbekiston 08:07 / 05.06.2020 17740

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiya etiladigan amaliyotini hisobga olgan holda chegara nazorati tartib-taomillari samaradorligini oshirish va soddalashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar havo kemalarining barcha ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar bo‘yicha dastlabki ma'lumot taqdim etilishining majburiy tartibi joriy etildi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga xorijiy mamlakatlarning havo kemalari ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar bo‘yicha dastlabki ma'lumot taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 293-sonli Qarori qabul qilindi.  

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning 1 iyul kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy mamlakatlar havo kemalarining barcha ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlar IKAOning standart formatida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlar bilan ishlash DXX ChQ tomonidan ishlab chiqiladigan tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.

Xorijiy mamlakatlar aviatsiya ma'muriyatlari va xorijiy aviatashuvchilar DXX ChQga xalqaro tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumot majburiy ravishda taqdim etilishi tizimi amalga kiritilishi to‘g‘risida xabardor qilinadilar.

Bildirilishicha, mazkur tartibning joriy etilishi xorijiy turistlarning mamlakatga kelishlari, bo‘lishlari va respublika hududidan chiqib ketishlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: