Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirish imtihonlari uchun 64ta bino tanlab olindi, ularning qaysi hududdaligi tez orada ma'lum qilinadi – Behzod Musayev
Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan binolarda ijtimoiy masofa saqlash uchun abituriyentlar soni qisqartiriladi. Imtihon olish uch smenada tashkil etilib, har bir smenada 25 ming nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Bugun, 4 iyun kuni 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifingda bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev tomonidan joriy yilgi qabul yangiliklari haqida ma'lumot berildi.
«2020-2021 o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘ylab 64 ta bino tanlab olindi. Bu binolarning qaysi hududlarda joylashgani 5 kun ichida ommaga ma'lum qilinadi», - deya qayd etdi Behzod Musayev.
Behzod Musayevning ta'kidlashicha, Binolarda ijtimoiy masofa saqlash uchun abituriyentlar soni qisqartiriladi. Imtihonning har bir smenasida 25 ming nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda sanitariya qoidalariga rioya qilish choralari ham ishlab chiqiladi.
«Abituriyentlar kirish imtihoni o‘tkaziladigan binoga tibbiy niqob va rezina qo‘lqopda, haroratlari o‘lchangan holda kiritiladi. Har bir abituriyentga kamida 3 metr joy ajratiladi. Binolar har bir smenadan so‘ng dezinfeksiya qilib boriladi», - dedi Behzod Musayev brifingda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi

16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi

15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev

18:44 / 08.08.2024