Qoraqalpog‘istonda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 13:46 / 02.06.2020 23421

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
 
Joriy yilning 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Ikrom Aziz” MChJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta “ZIL-130” yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.    

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan.   

Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda. 

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Ko‘proq yangiliklar: