«Hududiy elektr tarmoqlari»da lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston 09:53 / 02.06.2020 7202

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jahongir Obidjonov “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining Investitsiya, mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.  

J. Obidjonov bunga qadar “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida (jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish jarayonlarini boshqarib keldi) ishlab kelayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: