Qayd etilishicha, bugun soat 11:37larda “Ikrom-Azizbek-Akrom” xususiy korxonasiga qarashli ko‘p tarmoqli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi.
Yong‘inni bartaraf qilish uchun Yong‘in o‘chirish texnikalari va Favqulodda vaziyatlar bo‘limining maxsus texnikalari yetib kelgan. Yong‘in 13:40da qamrab olindi va 14:10da butunlay bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hech kimga ziyon yetmagan. Hozirda barcha tozalash ishlari olib borilmoqda.