«Ayb to‘liq menda, jahlimni jilovlay olmadim» – Toshkent viloyati SEOM sobiq bosh vrachi
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xodimlarini kabinetiga chaqirib so‘kayotgan oq xalatli rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video «qahramoni» Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekani ma'lum bo‘ldi.

Natijada Baxtiyor Boltaboyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning buyrug‘i bilan vazifasidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimligi rasmiy munosabatida voqea «rahbar, tibbiyot sohasi vakili uchun sharmandali hol», deya baho berilgan.
Kun.uz muxbiri Baxtiyor Boltaboyev bilan bog‘lanib, holatga munosabat bildirishini izoh so‘radi.
– Baxtiyor aka, xodimlarni bu qadar uyatli so‘zlar bilan siylashingizga nima sabab bo‘ldi?
– Boshidanoq aytay, ayb to‘liq menda, jahlimni jilovlay olmaganimda va xodimlarimga nisbatan rahbar hamda insoniy jihatdan to‘g‘ri muomala qilmaganimda. Mana shu xatom tufayli sharmanda bo‘ldim.
Aynan voqea qanday yuz berganiga kelsak, hozirgi kunda pandemiya tufayli uzluksiz ishlayotganimizdan, bizning tizimimizda ish hajmi keskin oshganidan xabaringiz bor. O‘rtasaroydan [karantin hududidan] virusga oid tahlillarni olib kelib tekshirishimiz kerak edi. Bu ma'lumotlar zudlik bilan vazirlik va tegishli tashkilotlarga taqdim etilishi lozim edi. Shu narsa vaqtida bajarilmagan, xodimlar sustkashlikka yo‘l qo‘yishgan. Ruhiy va jismoniy zo‘riqish, vaziyatdan kelib chiqib jahlim chiqqani ana shu so‘zlarni ishlatishimga sabab bo‘ldi.
Yana qaytaraman, bu yerda meni oqlaydigan jihat yo‘q, holat sabablarini aytyapman.
– Holatni videoga olgan xodimingiz kimligini bildingizmi? Unga nimalar dedingiz?
– U xodim kimligini bildim, lekin hech qanday zug‘um o‘tkazmadim. 2017 yildan beri shu lavozimda ishlayman, jamoamiz nomiga dog‘ tushdi, endi buni yuvish kerak bo‘ladi.
– Kasaba uyushmasini ham «eslab» o‘tgansiz.
– Ulardan alohida uzr so‘rayman. Umuman, barcha xodimlardan, tizimimiz vakillaridan kechirim so‘rayman, bu holat boshqa qaytarilmaydi. Jazoga tayyorman, juda xunuk ish bo‘ldi...
Abror Zohidov
Tavsiya etamiz
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Xushlanmagan Temu: O‘zbekiston uni bloklashga qaror qildi
O‘zbekiston | 19:20 / 05.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
APL. «Manchester Siti» safarda «Nottenghem Forest»ga mag‘lub bo‘ldi, Husanov to‘liq o‘ynadi
Sport | 19:50
-
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi
Jahon | 18:48
-
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi
Sport | 17:57
-
Livingood Ramazon oyi munosabati bilan eksklyuziv chegirmalar va sovg‘alarni e’lon qiladi!
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

10:14
Toshkent viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025